insurez
25-08-2025 20:08

Rabod va Nurafshonliklar uchun sayyor qabul


Sayyor qabul
   
  Toyloq tumani hokimligi tomonidan aholi muammolarini o‘rganish, ularga qonuniy yechim topish maqsadida mahallalarda sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda. 
    Ana shunday sayyor qabul bugun Nurafshon  mahallasida bo‘lib o‘tdi.       
      Unda Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev,  korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan nurafshonlik hamda ravotlik fuqarolar ishtirok etishdi. 
      Qabulda fuqarolardan moddiy yordam, uy-joy, elektr energiyasi, yo‘l, ichimlik suvi, gaz ballonlarini yetkazish  bilan bog‘liq muammolar shuningdek, boshqa oilaviy masalalarga oid  murojaatlar kelib tushdi.
    Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash nazoratga olindi.

 

Teglar
- -