“Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni”
BAYRAMINGIZ MUBORAK, AZIZ QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASI FIDOYILARI! Tumanimizdagi “ILXOMBEK” bazmgohida “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev so‘zga chiqib, qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilib kelayotgan soha fidoyilarini qutlab, o‘z nutqida fermer, dehqon va tomorqachilarga mustahkam sog‘liq, farovon hayot, xirmonlari ulkan, zafarli, barakali va manfaatli bo‘lishini tiladi. Bayram tadbirida ko‘p yillar davomida qishloq xo‘jaligi sohasida samarali faoliyat yuritib kelgan faxriylar hamda soha xodimlari ishtirok etdi. Shundan so‘ng tumanda meva-sabzavotchilik, uzumchilik, g‘allachilik va boshqa qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida sidqidildan mehnat qilib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh ilg‘or xodimlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan ijro etilgan sho‘x va jarangdor qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. (https://t.me/toyloq_hokimligi)



