Qaror obro'si nazorat qilinmoqda
Toyloq tuman hokimi B.Bobonazarov va tuman prokurori A.Abdullayev tomonidan shakllantirilgan ishchi guruhi tomonidan Prezidentning “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, tuman xokimi B.Bobonazarov va 2-sektor rahbari A.Abdullayev tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasida, tuman gaz taqsimlash punkti, tuman ko‘p qavatli uylar va xonadonlarga kirib faoliyati bilan tanishdi.
Unda energiya resurslaridan noqonuniy va behuda foydalanish holatlarini oldini olish, elektr ta’minotida yuzaga keladigan nosozliklarni bartaraf etish guruhlarini o‘z vaqtida chaqiruv joyiga yetib borishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, dispetcherlik faoliyati va kuz-qish shtabi faoliyati bilan tanishib, guruhlarni favqulotda holatlarga tayyorgarligi va zarur ehtiyot qismlar bilan ta’minlanganlik holati ko‘zdan kechirildi.