insurez
21-10-2025 18:52

"QADRING BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!"


"QADRING BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!"

    Har yili 21-oktabr kuni yurtimizda O‘zbek tili bayrami keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Shopo‘lot madaniyat saroyida ham katta bayram tadbiri "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" shiori ostida tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Behzod Rahmatullayev, maktab direktorlari, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari, mahalliy ijodkor yozuvchi va shoirlar, adabiyot ixlosmandlari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirni ochib bergan tuman hokimi Behzod Rahmatullayev o‘z nutqida o‘zbek tilining bugungi kundagi xalqaro mavqei yildan-yilga ortib borayotganini, u davlat tili sifatida xalqimizning ma’naviy boyligi va milliy g‘ururining ifodasi ekanini ta’kidladi.
Bayram davomida so‘zga chiqqan yozuvchi-shoirlar hamda til fidoyilari o‘zbek tilining boyligi, jozibasi, xalqona ruhi haqida so‘z yuritib, ona tilimizni madh etuvchi she’rlar bilan tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladilar.
Sana munosabati bilan o‘quvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari, ifodali she’rlar tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. 
Shuningdek, tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkil qilingan tanlovda faol qatnashganlar tuman hokimining esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishdi.  
Bayram dasturi barchada yuksak ruh, milliy g‘urur va tilga hurmat tuyg‘ularini uyg‘otdi.

Teglar
- -