insurez
06-09-2024 11:59

Probatsiya hisobidagi yoshlar tadbirokrlar bilan uchrashishdi


   Toyloq tumanida probatsiya hisobida turgan yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni oila va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish, ular qayta jinoyat sodir etmasligining oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda probatsiya hisobidagi fuqarolar ishtirokida tumandagi korxona va zavodlarga sayohatlar, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.    
    Ana shunday tadbirlardan biri  "Happy shoes" brendi ostida faoliyat yuritayotgan oyoq kiyim ishlab chiqarish korxonasi, "Samning-Group" MCHJ va "Begzodjon-Obidjon" oilaviy korxonalarida o‘tkazildi. 
    Ishtirokchilar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishishdi va korxonalar rahbarlari bilan uchrashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.

Teglar
- -