Press-tur
Tumanda optik aloqa tarmog'ini yanada kengaytirish borasida ko'rilayotgan choralar bilan tanishildi.
-Toyloq tumani telekommunikatsiya bog‘lamasi tomonidan hududlarda 2024-yil 2-choragi yakuniga qadar 105 km optik tolali magistral aloqa liniyalari hamda 120 km abonentlarni uyiga qadar tortildi. 2400 ta abonent yuqori tezlikdagi telekommunikatsiya xizmatlari taqdim etildi. Aholiga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida tumandagi 9 ta tarqatish javonlari profilaktika qilindi, 60 dona telefon quduqlari tozalanib undagi kabellar tartibga olindi va quduq qopqoqlari singanlari yangisiga almashtirildi. 200 dona aloqa ustunlaridagi aloqa kabellari tartibga keltirilib yaroqsizlari yangisiga almashtirildi, 150 km havo aloqa simlari hamda 400 ta aloqa qurilmalari profilaktika qilindi, deydi - Ozod Mutavaliyev, telekom bog‘lamasi boshlig`i.
-Tumanning 55% qismi optik tolali aloqa liniyalari bilan qamrab olinib, yuqori tezlikda ishlovchi GPON internet tarmog‘iga ulash ishlari olib borilmoqda.