O’ray-Elipokda sayyor qabul o’tkazildi
Unda tuman hokimi Bahodir Bobonazarov, tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabulda fuqarolardan moddiy yordam, ish bilan ta’minlash, subsidiya asosida uy-joy olish, uy-joy kadastiri borasidagi muammolar, shuningdek, boshqa oilaviy masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.