insurez
09-08-2025 07:00

Obodlik va ozodalik bor joyda fayzu baraka bo‘ladi


Tozalik va ozodalik bor joyda xayr-baraka, ishda  unum bo‘ladi

Bugun Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev tuman markazida joylashgan  Yangi Toyloq massividagi ko’p qavatli uy joylarning obodonlashtirish ishlari holatini ko’zdan kechirdi.
Mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligini munosib kutib olish maqsadida bino atrofida obodonlashtirish ishlarini jadallik bilan olib borish, hududni obod va ozod maskanga aylantirish, aholi kayfiyatini ko’tarish maqsadida shu yerni o’zida katta bayram tadbirini uyushtirish, bolajonlar o’yingohlarini ta’mirlash, chiqindilar uchun alohida joylarni tashkil etish, hududdagi daraxtlar oqlanib, atrofda obodonlashtirish ishlarini olib borish topshiriqlari berildi.
  Ayni kunlarda tumanda obodonlashtirish ishlariga jiddiy eʼtibor qaratilib kelinmoqda.

Teglar
- -