insurez
22-07-2024 14:48

Nikohlanuvchi yoshlar o‘qitilmoqda


    Toyloq tumanida faoliyat yuritayotgan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi”da FHDYO organlariga nikohni qayd etish uchun ariza bergan va o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish uchun roziligi olingan 30 yoshdan oshmagan nikohlanuvchi juftliklar o‘qitilmoqda.    Psixolog-o‘qituvchilar, huquqshunoslar, tibbiyot xodimlari hamda imom-xatiblar oila qurish ostonasida turgan yoshlarga turmushda zarur bo‘ladigan bilim va tushunchalar berishmoqda. 
    Oila va xotin-qizlar bo‘limi va FHDYO bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi darsda tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi  Dilnura Qobilova hamda FHDYO bo‘limi inspektori Dinoza Rahimovalar ishtirok etdi va  nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlari, oilaviy hayot psixologiyasi, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash mavzularida targ‘ibot darslarini o‘tishdi.
   Dars soatlarida qatnashib, oilaviy munosabatlar haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan 17 nafar juftlikka sertifikatlar topshirildi.

Teglar
- -