insurez
05-09-2024 12:29

Navbatdagi o‘quv-soati o‘tkazildi


   Ma’lumki, Toyloq tumanidagi Davlat xizmatlari markazi qoshida faoliyat boshlagan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi”da haftaning payshanba kunlari oila qurish ostonasida turgan yoshlarga turmushda zarur bo‘ladigan bilim va tushunchalar berilmoqda. 
    Bugun markazda navbatdagi o‘quv darsi o‘tkazildi. Unda FHDYO organiga nikohni qayd etish uchun ariza bergan 30 yoshdan oshmagan nikohlanuvchi juftliklar ishtirok etishdi. 
    O‘quv darsi davomida "Oila- kishilar hayotining eng muhim qismi, fuqarolik jamiyatining tayanch nuqtasidir" mavzusida  so‘z yuritildi.
    Darsda ishtirok etgan bo‘lajak kelin-kuyovlarga sertifikatlar topshirildi.

Teglar
- -