Nafaqadagi ustoz o'quvchilar bilan uchrashdi
Toyloq tumani “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi a’zosi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman kengashi raisi Qahhor Nizomov 16-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari hamda pedagoglar bilan uchrashdi. Unda nafaqadagi ustoz Q. Nizomov mamlakatimizda intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol, jismonan sog‘lom avlodni tarbiyalash masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilayotganligi, O‘zbekistonda “Uchinchi Renessans” poydevorini yaratish davri boshlanganini, yangi Uyg‘onish davrini esa bilimli va salohiyatli yoshlar yaratishini ta’kidladi.
Shuningdek, Q. Nizomov Toyloq tumanida amalga oshirilayotgan islohotlar, xalq farovonligini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng, nafaqadagi ustoz o‘quvchilarga fizika fanidan dars o‘tdi va darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qildi.