insurez
24-06-2024 17:42

"Mening qonunim- mening taqdirim"


  Tuman adliya bo‘limi tomonidan Toyloq Pedagogika kollejida "Mening qonunim- mening taqdirim" tanlovi o'tkazildi. “O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi festival doirasida tashkil etilgan ko‘rik-tanlovda umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari hamda Toyloq Pedagogika kollejining talaba-yoshlaridan iborat 5 ta jamoa ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qonunchilikka oid bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. 
    Berilgan shartlarni aniq va tezkor bajarib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Teglar
- -