Mavsumni betalofat o'tkazish bosh maqsadimiz
Ob-havoning keskin sovishi natijasida energiya resurslariga boʻlgan talab sezilarli darajada oshadi.Bunday vaziyatda tizim korxonalari tomonidan elektr va gaz uzatish tarmoqlaridagi ishlarni tezkor hamda sifatli tashkil qilish, isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida tizimda doimiy ravishda zarur choralar koʻrib borilmoqda.
Jumladan, Toyloq tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari sovuq kunlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklarni bartaraf etish uchun tun-u kun faoliyat yuritmoqda.
Ayni kunda korxona xodimlari Zarafshon mahallasida elektr liniyalariga xalaqt qilayotgan daraxt shoxlarini kesib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etishmoqda. Shuningdek, O‘ray-Elipok mahallasida yangi transformator o‘rnatilmoqda.