Maqsadimiz – Yangi yil bayramini tinch va osoyishta o‘tkazish
Toyloq tumanida yangi yil bayramiga tayorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar hamda yong‘inlarning oldini olish maqsadida barcha zaruriy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noxushliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ana shu maqsadda tuman hokimining o‘rinbosari S.Eraliyev va tuman FVB boshligi podpolkovnik U.Ochilovlar tuman hokimligi ishlarni mexanizasyalash yig‘ma komandasining shayligini o‘rganishdi. O‘rganish davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini samarali tashkil etish borasida tavsiyalar berildi.