Maqsad - kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish
Prezidentimizning joriy yil 1-noyabrdagi Navoiy viloyatida o‘tkazilgan kengaytirilgan selektor yig‘ilishida berilgan topshiriq va vazifalardan kelib chiqib, Toyloq tumani 2-sektor rahbari A. Abdullayev kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga energiya resurslarini barqaror yetkazib berish maqsadida sektor hududidagi mahallalar hamda ijtimoiy soha ob'kektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganib, mavjud muammolarga yechim izlamoqda. Natijada, Birlik mahallasiga 600 metrga ichimlik suvi tarmoqlari tortildi va 15 ta biton stalbalar o'rnatildi.
Qolaversa, Madaniyat mahallasida 200 metr ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, 2 ta transfomator taʼmirlandi. 14-umumta’lim maktabi va 17-son DMTT isitish tizimi va kuz-qishga tayyorgarlik ahvoli o‘rganilib, kamchiliklarni ijrosi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.