Maqsad ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish
Bugun Toyloq tumanida “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi hamda O‘zbekiston menejerlari assosiatsiyasi USAIDning “Biznesni qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida seminar tashkil etildli. Unda tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagidagi xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Seminarda “Sharq ayollar” xalqaro ayollar jamoat fondi xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i, xalqaro ekspert Latofat Usmonova, Samarqand viloyati savdo-sanoat palatasi boshlig‘i o‘rinbosari Habiba Mahkamova, tuman hokimining o‘rinbosari Noila Kambariddinovalar qatnashdi va elekiron tijorat, moliyaviy savodxonlik, sun’iy intellekt resurslaridan foydalanish qobiliyati, onlayn do‘kon yuritish, kabi mavzularda mahorat darslari o‘tkazildi.