insurez
05-11-2024 14:12

Maqsad - aholi farovonligini yuksaltirish


   Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “mahallabay” ishlash tizimining joriy etilishi yurtimizda aholi farovonligini yuksaltirish, bandligini ta’minlash hamda daromadini yaxshilashga xizmat qilmoqda. 
  Ushbu tizim Toyloq tumanida ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, reja-grafik asosida sektorlar rahbarlari hamda tuman hokimi o‘rinbosarlari mahallalarga chiqqan holda aholining muammolarini o‘rganmoqda. 
  Ana shunday tadbirlardan biri bugun O‘ray-Elipok mahallasida o‘tkazildi. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshed Xo‘jamurodov boshchiligida o‘tkazilgan uchrashuvda  aholi bandligini ta’minlash, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan oilalarga ko‘maklashish, ularni kambag‘allikdan chiqarish kabi masalalar muhokama etildi. 
  Tadbir doirasida kam ta’minlangan oilalarning muammolari o‘rganildi. Oilalarning imkoniyat va sharoitlaridan kelib chiqib, tomorqadan unumli foydalanish, tadbirkorlik turlaridan biri bilan shug‘ullanish kabi takliflari berildi.

Teglar
- -