Mahmudxo'ja Behbudiy uy muzeyiga sayohat tashkil etildi
Mahmudxo'ja Behbudiy uy muzeyiga sayohat tashkil etildi Bugun Mahmudxo'ja Behbudiy tavallud topgan Baxshtepa mahallasining bir guruh nuroniy otaxon va onaxonlari hamda umumta'lim maktabining o'quvchilari tomonidan Samarqand shahrida joylashgan Mahmudxo'ja Behbudiy uy muzeyiga sayohati tashkil etildi. Sayohat davomida Mahmudxo'ja Behbudiyning hayot yo'li va faoliyati, xalqni ilm-ma'rifatli hamda ziyoli qilishdagi sayi harakatlari uy muzeyi mudiri Gulmamat Axmedov tomonidan tushuntirib berildi. Ushbu sayohat baxshtepaliklarda katta taassurot qoldirdi.



