17-11-2025 14:19

Mahallalar yangilanmoqda: Toyloq tumani yanada chiroy ochmoqda


Mahallalar yangilanmoqda: Toyloq tumani yanada chiroy ochmoqda Toyloq tumanida obodonlashtirish va atrof-muhitni yanada ko'kalamzorlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda. Bugun tuman rahbari hamda bir guruh tashkilot vakillari bilan birgalikda navbatdagi obodonlashtirish jarayonlari tahlil qilindi. Tumanning kirish qismidan boshlanib, Birlik, Adas, Shopo‘lot, Navzandak, Yastepa hamda Xo‘jaqishloq mahallalarida olib borilayotgan bunyodkorlik va tozalash ishlari ko‘zdan kechirildi. Mahallalardagi asosiy yo‘l bo‘ylarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, daraxt ekish, gulzorlar barpo etish, yo‘llarni asfaltlash kabi ishlar yuzasidan fikr almashildi. Tuman rahbari mazkur yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilishini, har bir mahalla o‘ziga xos go‘zal qiyofaga ega bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilishini ta’kidladi.

Teglar
- -