Ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumi doirasida belgilangan ishlar o‘rganildi
Ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumi doirasida belgilangan ishlar o‘rganildi
Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, tuman prokurori Abdurahmon Abdullayev hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Charog‘bon mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylar kuz-qish mavsumi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Tashrif davomida uy-joy fondining umumiy holati, isitish tizimlarining tayyorgarligi, tom va fasadlarning holati hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining sozligi ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavsumga to‘liq tayyorgarlikni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.