insurez
03-12-2024 16:56

Konstitutsiya va yoshlar


   Konstitutsiya fuqarolarning huquq va majburiyatlari majmuasidir. Uni bilib va amal qilib yashash insonning kundalik turmushi va oilaviy farovonligining kalitidir. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, xususan Konstitutsiyamizning muhim jihatlarini yoshlarga o‘rgatish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir.


     Bugun Toyloq tumanida o‘tkazilgan tadbir ham aynan shu maqsadga qaratildi. Tuman hokimligi, yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamda adliya bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda yoshlar yetakchilari hamda mahallalarning uyushmagan yoshlari ishtirok etishdi. 
    “Konstitutsiya - erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida tuman dliya bo‘limi bosh yuristkonsulti Ilyos Boymurodov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi.


 

Teglar
- -