KEKSALAR E’ZOZI ASRIY QADRIYAT
Bugun Toyloq tumandagi 69932-sonli harbiy qismida “Keksalarga hurmat - yoshlarga ibrat” g‘oyasi asosida bo‘lib o‘tgan tadbir anchagina ibratli va yorqin lahzalarga boy o‘tdi.
Tadbirda nuroniylar va nafaqadagi ustozlar, xususan, Respublika ma’naviya va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Z.Avazov, O‘zbekiston “VETERAN” jangchi faxriy va nogironlar birlashmasi Samarqand viloyat kengashi raisi E.Mavlonovlar ishtirok etib, o‘zlarining bosib o‘tgan ibratli hayot yo‘llari haqida yoshlarga hikoya qilishdi.
Tadbir davomida jamiyat va davlat hayotidagi ijtimoiy faolligi, mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, oilalarda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lidagi faolligi uchun bir guruh nuroniylarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.