insurez
09-08-2025 12:00

Jadidlar xotirasi abadiy


JADIDLAR XOTIRASI ABADIY

     Bugun Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev Baxshtepa mahallasida tug'ilib, ijod qilgan buyuk alloma, jadidchilik harakatini vujudga keltirgan Mahmudxo'ja Behbudiyning boy tarixi va ijodini o'rganish maqsadida mahalla faollari bilan ushrashdi.   
     Tuman hokimi B. Raxmatullayev va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Toyloq tumani bo’linmasi rahbari Z. Avazov, mahalla faollari qatnashgan tadbirda so‘zga chiqqanlar – buyuk alloma Behbudiyning hayoti, boy ilmiy-adabiy me'rosiga qisqacha to'xtaldilar. 
    Tuman hokimi Mahmudxo'ja Behbudiyning boy tarixi va ijodini o’rganish, mahallada muzey tashkil etish hamda xalqaro ilmiy Konferensiya o’tkazish bo’yicha takliflarini berdi.
    Tadbirda ishtirok etgan keksa nuroniy va Behbudiy  haqida eshitgan, bilgan fuqarolardan ma'lumotlar olindi. Mahmudxo'ja Behbudiy stependiyasi tashkil qilgan hamda kutubxona ochgan zamondoshlari bilan suhbat o'tkazilib, u o'qigan madrasa va tug'ilgan xonadoniga borildi.

Teglar
- -