Ishlagan odam-boy bo'ladi, birlashgan-el bo'ladi
Toyloq tumani 3-sektori hududidagi Talliota mahallasida tuman hokimi B.Babonazarov, mahalla raislari, mahalla hokim yordamchilari, mahalla bankirlari hamda mas'ullar ishtirokida "Ishlagan odam-boy bo'ladi, birlashgan-el bo'ladi" shiori ostida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda tuman hokimi Bahodir Babonazarov so’zga chiqib “Obod xonadon–obod ko‘cha–obod mahalla” tamoyillari asosida amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar yuzasidan to’xtalib o’tib, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish boʻyicha o’zlarining ko’rsatma va topshiriqlarini berib o’tdi.
Seminar ishtirokchilari aholi tomorqalarida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishdi.