insurez
23-05-2024 16:50

Ishchi guruh shtab faoliyatini o‘rgandi


Toyloq tumani hokimligida tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish hamda tashqi migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida shtab tashkil etilgan. Shtab a’zolari migratsiyadagi fuqarolarni hatlovdan o‘tkazib, platformaga kiritmoqda.

 Bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida respublika ishchi guruhi a’zolari shtab faoliyatini o‘rganishdi. Mas’ullar bilan o‘tkazilgan tanqidiy-tahliliy yig‘ilishda so‘rovnomalarni to‘ldirishda har bir bandga alohida e’tibor berish, migratsiyadan qaytgan fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida yuqori daromadli ish taklif qilish kabi vazifalar samaradorligini oshirish  bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
 

Teglar
- -