03-12-2025 19:21

"Inson qadri uchun" xayriya aksiyasi o'tkazildi


"Inson qadri uchun" xayriya aksiyasi o'tkazildi Toyloq tumanida "Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida" 3-dekabr-"Xalqaro nogironligi bo'lgan shaxslar kuni" bayrami munosabati bilan "Inson qadri uchun" xayriya aksiyasi bo'lib o'tdi. Xayriya aksiyasida tuman tashkilotlari, tadbirkorlar, nuroniy va mahallalar faollari ishtirok etdi. Tadbirni tuman hokimi B.Rahmatullayev ochib, ishtirokchilarni ezgu niyat va samimiyat ila bayram bilan tabrikladi. Jamiyatda ularning iroda, matonat va hayotga bo‘lgan ijobiy qarashlari barchaga ibrat ekanligini ta'kidlab o'tdi. Tadbirda Samarqand viloyati Nogironlar jamiyati rahbari Dilmurod Pardayev ishtirok etib, bayram bilan tabrikladi. Bayram so'ngida ishtirokchilarga bir piyola choy tashkil etilib, tuman hokimligining esdalik sovg'alari topshirildi.

Teglar
- -