Ichimlik suvidan nooqilona foydalanayotgan iste’molchilar aniqlandi
Samarqand suv ta’minoti” AJ Toyloq tuman filiali xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida O'ray-elipok mahallasida 17 ta holatda ichimlik suvidan noqonuniy, nooqilona foydalanib kelgan iste’molchilar aniqlandi.
Ularga nisbatan ma’muriy jarimalar rasmiylashtirildi hamda tegishli tartibda tarmoqdan uzildi.
Shuningdek, iste’molchilarning aksiyadorlik jamiyatiga yetkazgan zarar miqdori mutaxassislar tomonidan hisob-kitob qilinmoqda.
Reyd tadbirlari tumanning boshqa mahallalarida ham o’tkaziladi.
Shu o’rinda fuqarolardan iste’mol qilingan ichimlik suvi to'lovini o'z vaqtida to'lashni unutmang.