insurez
09-08-2024 15:32

“Ibrat academiy”da o‘qiyotgan toyloqlik yoshlarning soni 7,5 mingdan oshdi


 

   1. Davlat ko‘magiga muhtoj “og‘ir” toifadagi yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish

   Tumanda “Yoshlar balansi”dagi yigit-qizlarning ijtimoiy holati, qiziqishi va muammalarining xususiyatidan kelib chiqib, ular bilan individual ishlash, mas’ul vazirloik va idoralarni vertikal va gorizontal biriktirish tizimi joriy qilindi.

  Mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan shakllantirilgan “Yoshlar balansi” asosida xatlovlar o‘tkazilib, xatlov natijalariga ko‘ra tumanda 53 438 nafar (14-30 yosh) yoshlarning bandlik holati bo‘yicha “yaxshi” ya’ni “yashil” toifada 37 683 nafar, “o‘rta” ya’ni “sariq” 15 755 nafar hamda ijtimoiy holati bo‘yicha “og‘ir” ya’ni “qizil” toifadagi 648 nafar yoshlar ajratib olindi.

   Shundan “qizil” toifadagi 648 nafar ijtimoiy holati og‘ir bo‘lgan yoshlar tumandagi sektor rahbarlari boshchiligidagi korxona va tashkilotlarning 26 nafar rahbarlariga biriktirilib, bugungi kunga qadar ularning barchasi bilan ushbu biriktirilgan rahbarlar individual ravishda uchrashuvlar tashkil etildi. Ushbu yoshlarning 57 nafari probatsiya nazoratida, 80 nafari profilaktika hisobidagi, 64 nafari muntazam dars qoldiruvchi, 46 nafari notinch oila farzandlari, 308 nafari xorijiy migratsiyadan qaytgan yoshlar, 58 nafar oilaviy  ajrim yoqasidagi yosh oilalar, 30 nafari agressiv xulqli  uyushmagan yoshlar, 1 nafari surunkali spirtli ichimliklar iste’mol qiluvchi yoshlar, 4 nafari qimor va tavakkalchilikka ruju qo’ygan yoshlar, og‘ir toifadagi 648 nafar yoshlar bilan biriktirilgan tashkilot rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi. O‘tkazilgan uchrashuvda og‘ir toifadagi yoshlarning 167 nafarida turli xil muammolar aniqlandi va tashkilot rahbarlari tomonidan yoshlar tomonidan bildirilgan muammolar o‘rganildi. Og‘ir toifadagi yoshlarning  30 nafari bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirildi, 19 nafariga tadbirkorlik qilish uchun kridet ajratildi, 35 nafariga dehqonchilik qilish uchun yer ajratildi, 23 nafariga asbob-uskuna olib berildi, 11 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 13 nafariga davolanish xarajatlari to‘lab berildi, 13 nafari zamonaviy kasblarga o‘qitildi, 5 nafariga bir martalik moddiy yordam berildi. Shuningdek og‘ir toifadagi yoshlarning xonadonlariga oziq-ovqat maxsulotlari va uylarini ta’mirlash uchun yordamlar ajratildi.

    Shuningdek, Toyloq tumanidagi 19 245 nafar yoshlar 6 ta huquq va tartibod idoralariga yoshlarni “Otaliqqa olish” bo‘yicha biriktirildi. Jumladan, 1-sektor hududidagi 13 ta mahalladan 6 ta mahalladagi 6795 nafar yoshlar “37239 harbiy qism”ga, 6 ta mahalladan 6901 nafar yoshlar “526-SCHR” bataliyoniga hamda 1 ta mahalladagi 1 026 nafar yoshlar tuman Mudofaa ishlari bo‘limiga biriktirildi.

   2-sektor hududidagi 12 ta mahalladan 3 ta mahalladagi 3 148 nafar yoshlar tuman prokuratursiga, 2 ta mahalladagi 986 nafar yoshlar IJQK departamenti tuman bo‘limiga, 1 ta mahalladagi 1 234 nafar yoshlar tuman MIBga, hamda qolgan 6 ta mahalladagi 2043 nafar yoshlar  FV bo‘limiga biriktirildi.

   3-sektor hududidagi 13 ta mahallalardagi 4 761 nafar yoshlar tuman IIB bo‘limiga biriktirildi.

  4-sektor hududidagi 12 ta mahalladan 6 tasidagi 2 509 nafar yoshlar tuman Adliya bo‘limiga hamda qolgan 6 ta mahalladagi 2 372 nafar yoshlar  Milliy gvardiya boshqarmasigsha qarashli 69932-harbiy qismga biriktirildi. Ushbu tashkilotlar mahallalarda xatlov o‘tkazib, yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi va muammolarini hal qilish bo‘yicha “yoshlar dasturlari” ishlab chiqildi hamda ijroga qaratildi.

2. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini hal etish, jumladan ijtimoiy masalalar bo‘yicha ijtimoiy hodim bilan birgalikda, yoshlarga ko‘rsatiladigan yordam turlaridan samarali foydalanish;

   2024-yilning o‘tgan davri davomida “Yoshlar daftari”ga jami 222 nafar yoshlar kiritilib, shundan, 109 nafar yoshlarga 456 mln.so‘mlik amaliy ko‘mak berildi.

Jumladan:

   “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning 70 nafariga 347 mln. so‘mlik oliy ta’lim muassasalari to‘lov kontrakt pullari to‘lab berildi, 24 nafar yoshlarga bandligini ta’minlash uchun 73 mln. so‘mga asbob-uskunalar olib berildi, 2 nafar yoshlarni davolanishi uchun 15 mln. so‘m mablag‘ ajratildi, 13 nafar yoshlarga zamonaviy kasblarga o‘qitish yuzasidan 21 mln so‘m mablag‘lar sarflandi.

   Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish  va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 153-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi zaxirasiga tumandagi fermer xo‘jaliklaridan 400 gyektar yer maydoni olinib, 1858 ta lotlarga ajratilib, Ye-auksion onlayin savdolariga chiqarildi hamda mahalla yettiligi tomonidan xulosa berilgan 1858 nafar yoshlarga ajratib berildi.

    3. Mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jumladan ularni “Besh tashabbus olimpiadasi”da ishtirok etishga jalb etish yuzasidan

    Mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jumladan ularni “Besh tashabbus olimpiadasi”da ishtirok etishga jalb etish yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirildi.

  Jumladan, “Besh tashabbus olimpiadasi” elektron platformasidan tumandagi 34 668 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tib, ushbu musoboqalarning mahalla bosqichida 12 432 nafar yoshlar qamrab olindi. Bu yilgi besh tashabbus olimpiadasi doirasida 26 ta loyiha va sport musobaqalari o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib hozirgacha 6 ta sport musobaqalari va 1 ta san’at va madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha loyihalarning mahalla bosqichlari o‘tkazildi.

   Sportning mini futbol va futbol turi bo‘yicha  “DXX kubogi” musoboqasida tumandagi 50 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridan jamoalar shakllantirilib, o‘tkazilgan sport musoboqalarida tumanning Tepaqishloq mahalla yoshlarini mini futbol turi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

   Sportning futbol turidan 6 may kuni tumandagi Sport maktabida DXX kubogi ochilish va jamoalar o‘trasida qura tashlash marosimlarini o‘tkazish belgilab olindi.  

   “Besh tashabbus olimpiadasi”ning paralimpiada yo‘nalishida sportning stol tennisi, shaxmat-shashka, aravachada stol tennisi, para yengil atletika turlari bo‘yicha sport musoboqalari o‘tkazilib, 16 nafar g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi va viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

   Shuningdek, iqtidorli yoshlarni izlab topish, iste’dodini ro‘yobga chiqarish va ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida bir qator ishlar amalga oshirildi.

    Jumladan, Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ibrat farzandlari” va “Mutolaa” loyhalari yo‘lga qo‘yildi.

  “Ibrat academiy”da o‘qiyotgan toyloqlik yoshlarning soni 7,5 mingdan oshgan bo‘lib, mahalla yetakchilari tomonidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

    Maqsadimiz esa yoshlarni yanada ko‘proq chet-tillarini o‘rganishi va zamonaviy kasblarni egallashiga ko‘maklashishdir.

   Hozirda tumanda 50 nafar yoshlar “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida zamonaviy kasblar va xorijiy tillar yo‘nalishida o‘qishni tugatdi.


Jahongir Haqberdiyev,

Toyloq tuman hokimining  o‘rinbosari.

Teglar
- -