https://www.tayloq.uz/link/har-bir-qarich-yerdan-unumli-foydalanish-farovonlik-demak/
Har bir qarich yerdan unumli foydalanish – farovonlik demak
Bugun tuman hokimi Behzod Raxmatullayev chorvachilik, g’alla, kartoshka, poliz, meva va pilla yetishtirish hamda mo'l hosili olish bo'yicha fermer xo’jaliklari raislari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvda tuman hokimi xo'jalik raislarini chorvachilik, g’alla, kartoshka, poliz, meva va pilla yetishtirish, mo’l hosil olish tuman iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.
Shuningdek, pilla yetishtirishni ko'paytirish, fermerlarga ko'proq daromad keltirishi va tumanning iqtisodiy barqarorligini ta'minlashda foydali ekanligini aytib o'tdi.
Yig’ilishda dala madaniyati, tomchilab sug’orish, elektr energiyani tejash va quyosh panellaridan foydalanish, ariqlarni lotoklashtirib suvni tejash orqali qishloq xo'jaligi sohasida yanada katta natijalarga erishishlari mumkinligi qayd etildi.