Fuqarolarning murojaatlari tinglandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toyloq tumanidagi xalq qabulxonasida navbatdagi qabul o‘tkazildi. Unda yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlarini qiynayotgan turli sohalardagi muammo va takliflari bilan qatnashdi. Ularning murojaatlari tuman hokimining o‘rinbosarlari Sardor Eraliyev, Noila Kambariddinova hamda tuman Xalq qabulxonasi mudiri Zoyir Ziyodullayevlar tomonidan qabul qilindi.
Qabulda fuqarolardan moddiy va tibbiy yordam, elekt energiyasi, ko‘mir, uy-joy kadastiri, shuningdek, sud- huquq va oilaviy masalalarga oid murojaat kelib tushdi.
Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.