insurez
14-08-2024 11:28

Fuqarolarning murojaatlari tinglandi


     Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toyloq tumanidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimligining   qabuli bo‘lib o‘tdi.     
    Unda tuman hokimining o‘rinbosari N.Kambariddinova, tuman hokimligi devonxona bo‘limi mudiri K. Hamroyev, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Toyloq tumani bo‘limi rahbari A.Mirzoyev, idora va tashkilot rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.


    Qabulda fuqarolardan bola nafaqasini tayinlash, subsidiya asosida uy-joy olish, kadastr hujjatlaridagi muammolar, ichimlik suvi, moddiy yordam shuningdek, boshqa oilaviy masalalarga oid  murojaatlar kelib tushdi.    
  Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.

Teglar
- -