Fermer xo‘jaliklarida hosildan bo‘shagan yerlarni shudgorlash va g‘alla ekish ishlari muhokama qilindi
Fermer xo‘jaliklarida hosildan bo‘shagan yerlarni shudgorlash va g‘alla ekish ishlari muhokama qilindi
Bugun tumandagi “Vorsin" "Baxshitepa” hamda “Qo‘shchinor” agrofirmalariga qarashli fermer xo‘jaliklari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi Behzod Rahmatullayev, tuman hokimining o‘rinbosari Sh. Haydarov hamda tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida hosildan bo‘shagan yerlarni o‘z vaqtida shudgorlash, g‘alla ekish ishlarini jadallashtirish, shuningdek, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tuman hokimi yig‘ilishda fermer xo‘jaliklari oldida turgan asosiy vazifalar haqida to‘xtalib o‘tib, ekin maydonlarini samarali foydalanish, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilar tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.




