Do’stlik mahallasida sayyor qabul o’tkazildi
"Sayyor qabul" joylarda o‘tkaziladigan xalq bilan muloqotning qulay va samarali usuliga aylanib ulgurdi. Negaki, aholini qiynab kelayotgan masalalarni o‘rganib, bartaraf etish davr talabidir.
Shu maqsadda Toyloq tumanida haftaning har chorshanba kuni mahallalarda aholi uchun sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda.
Ana shunday sayyor qabulning navbatdagisi Do’stlik mahallasida o‘tkazildi. Unda tuman hokim Bahodir Bobonazarov, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi va fuqarolarning murojaatlarini tinglashdi.
Qabulda fuqarolardan moddiy va tibbiy yordam, ish bilan ta’minlash, uy-joy ta’mirida, bola nafaqasini olish, shuningdek, boshqa oilaviy masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.