insurez
03-08-2024 10:55

“Do‘stlik” festivali: millatlararo do‘stlik va hamjihatlik tarannumi


  Bugun Toyloq tumanidagi 21-umumta’lim maktabida «Xalqlar do‘stligi kuni» munosabati bilan  “Do‘stlik festivali” bo‘lib o‘tdi. 
  Unda millatlararo totuvlik va do‘stlik aks etgan tasviriy san’at asarlari, milliy liboslar va hunarmandlik ko‘rgazmalari,  konsert dasturi namoyish etildi.


   -Tumanimizda 10 ga yaqin millat va elat vakillari ahil-inoq va hamjihatlikda yurtimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda, – deydi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Ziyodulla Avazov. – Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, urf-odat va milliy qadriyatlarini asrab-avaylashi uchun barcha sharoit yaratilgan. “Do‘stlik festivali” yurtimizda yashayotgan barcha millat vakillarini, yanada hamjihat bo‘lishga undaydi.


   Tadbir davomida yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi, qolaversa, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtiroki uchun  turli millat vakillari tuman hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Teglar
- -