Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Unda Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 95-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, Tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2024-yil I yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar, tuman sektor rahbarlarining hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash bo‘yicha ishlarni tashkil etish yuzasidan 2024-yil III choragi uchun ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita”lari, Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash, tuman saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish yuzasidan hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilish kun tartibidagi barcha masalalar komissiya a’zolari tomonidan muhokama etilib, fikr-mulohazalar bildirilgach, hisobotlar navbatdagi sessiyaga kiritish uchun tavsiya etildi.