Diqqat tanlov!
Diqqat tanlov!
🌿 Obodlik – farovon hayot poydevori!
🇺🇿 Prezidentimizning 14-oktyabrdagi topshirig‘iga ko‘ra butun respublikamizda "Tozalik va ozodalik oyligi" e’lon qilingan edi.
Oylik doirasida Toyloq tumani hokimligi, O‘zbekiston mahallar uyushmasi Toyloq tuman bo‘limi, "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi, Xotin-qizlar qo‘mitasi tuman bo‘limi, "Qo‘shchinor" gazetasi tahririyati “Eng obod mahalla va tashkilot” tanlovini e’lon qiladi.
🏆 Tanlov ikki bosqichda — mahallalar va tashkilotlar kesimida o‘tkaziladi.
Unda obodonlashtirish, gulzorlar tashkil etish, chiqindilarni to‘g‘ri yig‘ish, yashil hududlarni kengaytirish va aholining faol ishtiroki kabi mezonlar asosida g‘oliblar aniqlanib, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
📅 Natijalar 2025-yilning 15-noyabr kuni e’lon qilinadi.
Tanlov jarayoni 1 oy davom etadi.
🏘 Obod mahalla — xalq birdamligi, mehnat va hamjihatlik timsoli.
Mahalla aholisi o‘zaro hamjihat bo‘lib, ko‘chalarni ozoda saqlash, gulzorlar yaratish, yashil hududlarni kengaytirish orqali yashash joyini go‘zallashtirishda ishtirok etadi.
Bu nafaqat mahallaning ko‘rki, balki xalq ongi va madaniyatining ifodasidir.
🏢 Obod tashkilot — mehnat joyining madaniyati va mas’uliyati.
Ish joylarida ozodalik, tartib, yashil muhit va go‘zallik yaratish ishchilar kayfiyatini ko‘taradi, mehnat unumdorligini oshiradi.
Yurtimizning har bir go‘shasi gullab-yashnashi, xalqimiz farovonligi uchun birlashaylik!
❗️Unutmang, obodlik ko‘ngildan boshlanadi!




