insurez
06-11-2024 14:45

"Dangasalik kishini kambag‘al qiladi"


     Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “mahallabay” ishlash tizimining joriy etilishi yurtimizda aholi farovonligini yuksaltirish, bandligini ta’minlash hamda daromadini yaxshilashga xizmat qilmoqda. 
     Ushbu tizim Toyloq tumanida ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, reja-grafik asosida sektorlar rahbarlari hamda tuman hokimi o‘rinbosarlari mahallalarga chiqqan holda aholining muammolarini o‘rganmoqda. 


    Ana shunday tadbirlardan biri bugun O‘zbekiston mahallasida o‘tkazildi. Tuman hokimi Bahodir Bobonazarov ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda  aholi bandligini ta’minlash, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan oilalarga ko‘maklashish, ularni kambag‘allikdan chiqarish kabi masalalar haqida so‘z yuritildi. 
    - Kambag‘al inson bo‘lmaydi aslida, dangasa odam bo‘ladi. Ana o‘sha dangasalik uni kambag‘al qiladi, -deydi tuman hokimi. -To‘g‘ri, jtimoiy og‘ir ahvoldagi fuqaroni davlat e’tiborsiz qo‘ymaydi. Lekin to‘rt muchasi sog‘ insonning boqimandalikka berilishi insofsizlik.

Teglar
- -