Chorbog'tepa obod mahallaga aylanmoqda
Chorbog'tepa obod mahallaga aylanmoqda ⚡️Bugun Chorbog‘tepa mahallasida boshlangan hashar davomida aholi turmush tarzini yaxshilash, mahalla infratuzilmasini tubdan yangilash borasida hududning ichimlik suvi tarmog‘i, xususan, sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash ishlari jadal davom ettirilmoqda. Aholi xonadonlarida obodonlashtirish ishlari, ariq va zovurlarni kovlash, daraxtlarga shakl berish ishlari izchil olib borilmoqda. Mahalla ahli, faollar hamda yosh-u qari jam bo‘lib, hudud obodligi yo‘lida barchasi birdek xizmat qilmoqda.



