insurez
16-10-2025 13:21

Bunyodkorlik ishlarining debochasi bo‘ladi


Bunyodkorlik ishlarining debochasi bo‘ladi

Bugun tuman hokimi Behzod Raxmatullayev tomonidan Bunyodkor mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot shaklida sayyor qabul tashkil etilgan edi. 
Tuman hokimi qabulda kelib tushgan murojaatni bevosita joyiga borib o‘rgandi, mavjud holatni atroflicha tahlil qildi va masalaga adolatli hamda oqilona yechim topdi.
Natijada, yaqin kunlarda Bunyodkor mahallasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari boshlanishi belgilandi. Mazkur ishlarning debochasi sifatida ichimlik suvi minorasi qurilishi rejalashtirilgan. Bu esa hududda istiqomat qilayotgan aholining uzoq yillardan beri dolzarb bo‘lib kelayotgan ichimlik suvi muammosiga yechim bo‘lib xizmat qiladi.
Shu orqali Bunyodkor mahallasida hayot sifati yanada yaxshilanadi, aholining ijtimoiy sharoitlari tubdan o‘zgaradi va bunyodkorlik ishlari yangi bosqichga ko‘tariladi.

Teglar
- -