insurez
16-10-2025 13:11

Bunyodkor mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi


Bunyodkor mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Davlatimiz Rahbarining aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil etish borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev rahbarligida Bunyodkor mahallasida aholi vakillari va fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda, tumandagi tegishli aloqador tashkilot va korxona rahbarlari, Bunyodkor mahallasi fuqarolari hamda “mahalla yettiligi” ishtirok etishdi.
Qabul davomida, fuqarolar tomonidan ichki yo‘lni ta’mirlash, elektr ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish masalalari hamda boshqa oilaviy murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi. Murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha muddat belgilanib, mas’ullarga vazifa yuklandi.

Teglar
- -