insurez
13-10-2025 20:17

Behzod Raxmatullayev maktablardagi chaqiruvgacha boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari bilan uchrashdi


Behzod Raxmatullayev maktablardagi chaqiruvgacha boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari bilan uchrashdi

Unda harbiy xizmatga chaqiruvgacha boshlang‘ich tayyorgarlik yo‘nalishi o‘qituvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga sadoqat, fidoyilik tuyg‘ularini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Behzod Raxmatullayev, shuningdek, chaqiruvgacha boshlang‘ich tayyorgarlik darslarini sifatli tashkil etish uchun barcha zarur imkoniyatlardan foydalanish lozimligini ta’kidladi. Darslarning samaradorligini oshirish, o‘quvchilarni zarur nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirish, o‘quv xonalarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash borasida aniq vazifalar belgilandi.
 

Teglar
- -