05-12-2025 16:04

Ayollar bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar o‘rganildi


Ayollar bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar o‘rganildi Toyloq tumanida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish va tashqi migratsiyadan qaytgan ayollarga amaliy ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan shtab faoliyati o‘rganildi. O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi, shtab rahbari A.A. Ishanxodjayev hamda Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari, shtab rahbari o‘rinbosari A.M. Salixovlar shtabda bo'lib, olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Uchrashuv davomida xotin-qizlar bandligini oshirishga doir vazifalar muhokama qilindi, amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Teglar
- -