Asalarichilik rivojiga hissa: Orif aka faoliyati namuna bo‘lmoqda
Asalarichilik rivojiga hissa: Orif aka faoliyati namuna bo‘lmoqda
Qishloq xo‘jaligining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan asalarichilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tuman hokimi B.Raxmatullayev tumanimizda uzoq yillardan beri asalarichilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan Orif aka xonadonida bo‘ldi.
O.Ilyosov asalarichilik sohasini yanada rivojlantirish, yoshlarga bu sohaning sir-asrorlarini o‘rgatish maqsadida Asalarichilik akademiyasini tashkil etganligi ushbu akademiya orqali oliy ta’lim muassasalari talabalari amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lib, nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlayotganligi ta’kidlandi. Shuningdek hozirgi kunda 10 nafar doimiy ishchi uchun ish o‘rni yaratib, ularni barqaror mehnat bilan ta’minlagan.
Orif aka tashabbusi bilan tashkil etilgan asalarichilik maktabi sohada yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash, mahalliy imkoniyatlardan oqilona foydalanish va asalarichilikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.