Apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Tuman hokimligida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda tuman tashkilotlari rahbarlari va mutasaddi vakillar ishtirok etdi.  Tuman hokimi B. Raxmatullayev aholini bandligini taʼminlash, notinch va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan individual ishlash, migratsiya muammolari,  ijtimoiy ko‘chalar, salomatlik yo‘laklarida ketayotgan ishlarni nazorat qilish, shuningdek, bozorlarda sotilayotgan go‘sht narxini nazorat qilish orqali barqaror holatda ushlash kabi masalalarga ham alohida eʼtibor qaratdi.
Tumanni jinoyatchilik, ishsizlik, ajrimdan holi hududga aylantirish, ijro intizomi, obodonlashtirish ishlari, aholi murojaatlari bilan ishlash, hashar uyushtirish, To’y va marosimlarni qisqartirish kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.
 
                        



