04-12-2025 13:08

Amaliy seminar o'tkazildi


Amaliy seminar o'tkazildi Toyloq tuman Maktabgacha va maktab ta'limi tasarrufidagi 38-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim tarbiya sifatini oshirishda yangi uslublarni qo'llash va maktabgacha ta'lim tashkilotida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlari qiyofasi qanday bo'lishi, shuningdek tarbiyalanuvchilar sog'lom va xavfsiz ovqatlantirish bo'yicha amaliy seminar o'tkazildi.  Seminarda tuman hokimi o'rinbosari J.Haqberdiyev ishtirok etib tashkil etilgan jarayonlar bilan tanishdi, tuman Maktabgacha va maktab talimi bo'limi boshlig'i O'.Usmonov va maktabgacha ta'lim tashkilotlari bo'yicha hokim maslahatchisi R.Kazimova tomonidan direktorlarga tavsiyalar berildi.  Maktabgacha ta'lim tashkiloti xududida tashkil etilgan yashil makon loyihasi doirasidagi Ekologik bog'ga yangi daraxt ko'chatlari ekildi.

Teglar
- -