Aholini qanday muammolar qiynamoqda?
Toyloq tumani hokimligi tomonidan aholi muammolarini o‘rganish, ularga qonuiy yechim topish maqsadida mahallalarda sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda. Ana shunday sayyor qabulning navbatdagisi bugun G’o’lba mahallasida bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi Bahodir Bobonazarov, tuman hokimining o’rinbosari N. Kambariddinova, tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabulda fuqarolardan moddiy va tibbiy yordam, ish bilan ta’minlash, elektr energiyasi, kantrakt to’lovini to’lashda amaliy yordam, shuningdek, boshqa oilaviy masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.