04-12-2025 13:34

Аholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni bo‘yicha amaliy seminar


Аholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni bo‘yicha amaliy seminar Tuman statistika bo‘limi tomonidan Toyloq tumani IIB apparati xodimlari uchun aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi – 2025 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatiga olish jarayonlarining maqsad va vazifalarini tushuntirish, amalda qo‘llaniladigan elektron dasturlar va mobil ilovalardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirishdan iborat bo‘ldi. Seminar davomida tuman statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan ro‘yxatga olish ishlarining huquqiy-me’yoriy asoslari, intervyuyer va instruktorlar faoliyati, uy xo‘jaliklari va dehqon xo‘jaliklarini to‘g‘ri qamrab olish uslubiyatlari batafsil tushuntirildi. Shuningdek, ma’lumotlarni raqamli shaklda qabul qilish va yuborish, planshetdan foydalanish, geolokatsiya belgilarini to‘g‘ri qo‘yish kabi amaliy jarayonlar amalda namoyish etildi.

Teglar
- -