Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish ishlari muhokama qilindi
Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish ishlari muhokama qilindi Yig'ilishda O'zbekiston O'rmon xo'jaligi agentligi boshqarma boshlig'i A.Sadullayev, tuman hokimligi bosh mutaxassisi, shtab rahbari B.Mamatov, O'zbekiston Mahallalar uyushmasi tuman bo'limi boshlig'i Sh.Qaroyev, tuman statistika bo'limi boshlig'i Sh.Kurbonov va shtab a'zolari ishtirok etishdi. Yig'ilishda tumanda aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko'rish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda Respublika shtabi tomonidan yuklatilgan vazifalarning ijrosi holati tahlil qilindi. Shtab a'zolariga ro'yxatga olish ishlarini sifatli tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi hamda aniq vazifalar belgilab olindi. Shu o'rinda barcha fuqarolardan ro'yxatga olish ishlarida faol ishtirok etishlarini so'rab qolamiz!



