Agrofirmalarda g‘alla ekish ishlari jadallik bilan davom etmoqda
Agrofirmalarda g‘alla ekish ishlari jadallik bilan davom etmoqda
Tuman hokimi va masʼullar hududdagi agrofirmalarda g‘alla ekish jarayonlarini o‘rganish maqsadida joylarda bo‘lishdi. Jumladan, Baxshitepa, Qo‘shchinor hamda Bog‘izog‘on agrofirmalarida bo‘lib, fermer xo‘jaliklarida g‘alla mavsumi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirishdi.
Tashrif davomida ayrim fermer xo‘jaliklarida ish sur’atining sustligi, takroriy ekindan bo‘shagan yerlarni shudgorlash ishlari kechiktirilayotgani tanqid ostiga olindi. Mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.