insurez
30-09-2024 15:23

Adliya vaziri o‘rinbosarining sayyor qabuli o‘tkazildi


   Bugun Toyloq tumanidagi Baxshitepa mahalla fuqarolar yig‘ini binosida sayyor qabul o‘tkazildi. Adliya kuni tadbiri doirasida o‘tkazilayotgan mazkur sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirining birinchi o‘rinbosari Xudoyor Meliyev ishtirok etdi. Soha vakili yuridik va jismoniy shaxslarning adliya tizimiga oid murojaatlarini o‘rgandi. 
      Shuningdek,  bo'lib o'tgan sayyor qabulga viloyat Xalq qabulxonasi mudiri M. Turdiyev, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Sattorov,  Toyloq tuman hokimining o‘rinbosari J. Haqberdiyevlar ham ishtirok etib, fuqarolarning sohaga oid muammolarga yechim topishga ko'maklashishdi.

Teglar
- -